» » O‘zbekistonda filmlarni suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismi qaytariladi

O‘zbekistonda filmlarni suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismi qaytariladi


Hukumatning 2020-yil 19-sentabrdagi qarori bilan, O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (rebate) tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizi miqdorida qaytariladi.

Biroq xorijiy kinokompaniya tomonidan har bir filmni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning qaytariladigan qismi 300 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmaydi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, film deganda badiiy to‘liq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli va xronikal, ilmiy-ommabop, badiiy-publitsistik, multiplikatsion audiovizual mahsulot, ijtimoiy videoroliklar, kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar tushuniladi.

O‘zbekiston hududida o‘z filmlarini yaratishi uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar ro‘yxati (reyestri) “O‘zbekkino” veb-saytiga joylashtiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют