» » O‘zbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochishni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston va Tojikiston transport sohasi idoralari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Tojikiston Transport vazirligiga tayanib, “Asia Plus” xabar berdi.

Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim va O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov o‘rtasidagi uchrashuv Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning rasmiy delegatsiyasi ayni paytda Tojikiston poytaxtida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashuvlari uzluksizligini ta’minlash, xususan, davlatlar o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish, temiryo‘l sohasidagi hamkorlik hamda yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama qilindi. Yangi yo‘nalishlarning qachon ochilishi ma’lum qilinmagan.

Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim so‘nggi oylarda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat avtotransport qatnovi har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Aynan shuning uchun ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.

“Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan konstruktiv takliflar bildirdi”, — deyiladi O‘zbekiston Transport vazirligi xabarida.

“Asia Plus”ning yozishicha, 18-sentabr kuni Dushanbe shahriga 172 kishidan iborat O‘zbekistonning biznes delegatsiyasi mamlakat hukumatining iqtisodiy bloki xodimlari rahbarligida yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi 28–29-sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda ikki davlat o‘rtasida mart oyining o‘rtalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli yopilgan chegaralarni ochish va parvozlarni tiklash bo‘yicha masalalarni muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют