» » Abdulaziz Komilov Turkmaniston tashqi ishlari vaziri bilan siyosiy maslahatlashuvning navbatdagi raundini o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov Turkmaniston tashqi ishlari vaziri bilan siyosiy maslahatlashuvning navbatdagi raundini o‘tkazdi


2020-yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosiy idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bergan.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov boshchilik qildi.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, suv xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va aloqalarning rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vazirlari ilgari erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning bajarilishini tahlil qildi va qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muddatlari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi raundi, O‘zbekiston–Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish muddatlari to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqdi.

Transport, transport-kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirildi. Vazirlar “O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–O‘mon” xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha Ashxobod kelishuvini tezroq amalga oshirish tarafdori ekanliklarini ma’lum qildilar.

Muzokaralarda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek, Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor berib, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning ikki tomonlama hamkorlikka ta’sirini kamaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida fikr almashdilar, deyiladi TIV axborotida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют