» » Gangnam Style, Mr.Saxobeat singari qo‘shiqlari bir kunda xit bo‘lgan ijrochilar hozir nima bilan band? (video)

Gangnam Style, Mr.Saxobeat singari qo‘shiqlari bir kunda xit bo‘lgan ijrochilar hozir nima bilan band? (video)


Mashhur bo‘lish oson emas, mashhurlikni saqlab qolish esa undan-da qiyin. Quyida birgina xiti bilan mashhur bo‘lgan, ammo shundan keyin ko‘rinmay qolgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Pyer Nartsiss

“Shokoladli quyon” (“Shokoladniy zayats”) qo‘shig‘i bilan yaxshi tanish bo‘lgan Pyer keyinchalik ham ijod bilan shug‘ullanishiga qaramay, omadli karyera qilishga muvaffaq bo‘lmagan. U ba’zida qo‘shiqlar taqdim qiladi, klub va oqshom tadbirlarida dijey sifatida ham faoliyat olib boradi. Bir vaqtlar qo‘shig‘i xit bo‘lgan Nartsiss shov-shuvli janjallarga ham aralashgan.

2017-yilda xonandaga bir necha ayollar tomonidan ayblovlar qo‘yilgan, xususan, rafiqasi Valeriya Kalacheva erini spirtli ichimliklar ichish va qo‘l ko‘tarishda ayblagan. Oqibatda Pyer rafiqasi bilan ajrashgan.

Masha Rjevskaya

“Yulduzlar fabrikasi–2” ning yana bir ishtirokchisi Masha Rjevskayaning ham “Mushuk bo‘lsam” (“Kogda ya stanu koshkoy”) qo‘shig‘i xit bo‘lgan.

Bir vaqtlar radiokanallardan tushmagan qo‘shiq ijrochisi keyinchalik estradada o‘z o‘rnini topa olmagan va aktrisalik bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. Unga amerikalik kinorejissorlar tomonidan takliflar ham kelib tushgan va u Mariya Kaya taxallusi bilan qisqa metraji filmlarda suratga tushgan. Ayni vaqtda Masha Londonda yashaydi va teatrda ishlaydi. U turmush qurgan va bir qizi bor.

Aleksandra Stan

Ruminiyalik xonanda Aleksandra Stanning Mr.Saxobeat qo‘shig‘i dunyoning barcha burchagida mashhurlikka erishgan desak, xato bo‘lmaydi. Ammo xit qo‘shiq va uning ijrochisi vaqtlar o‘tib unutilgan.

Shunga qaramasdan, Aleksandra musiqa bilan shug‘ullanishda davom etadi, albomlar chiqaradi va Yevropa hamda AQSH bo‘ylab tur safarlarga borib turadi. 2013-yilda xonanda salomatligi sabab karyerasida biroz tanaffus kuzatilgan, ammo hozir ijod qilishda davom etmoqda va yaqinda yangi albomini taqdim etdi.

Nikita Malinin

“Yulduzlar fabrikasi–3” g‘olibi bo‘lgan Nikita “Mushukcha” (“Kotyonok”) qo‘shig‘i sabab mashhurlikka erishgandi. Shundan keyin uning boshqa ijod namunalari avvalgisidek xit bo‘lmagan, ammo Malinin xonandalik karyerasini to‘xtatgani yo‘q.

U nafaqat o‘zi, balki boshqa shou-biznes vakillari uchun ham qo‘shiq yozib, musiqa bastalab turadi. Xonanda turmush qurgan, uni onda-sonda sahnada uchratish mumkin.

Las Ketchup

Ispaniyalik uch opa singil — Las Ketchup guruhi a’zolari aslida shou-biznesga begona bo‘lgan. Hazil tarzida “Asereje” qo‘shig‘ini yozishga qaror qilgan opa-singillar qo‘shiqdan keyin bir onda mashhur bo‘lib ketgan. Deyarli barcha mamlakat xit-paradlarida ularning qo‘shig‘i bir necha hafta davomida yetakchi bo‘lgan.

Keyinchalik ular tomonidan Hijas del Tomate deb nomlangan debyut albomi taqdim qilingan va bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lishlariga sababchi bo‘lgan. Ayni vaqtda Las Ketchup musiqa yozish va Yevropa bo‘ylab gastrol safar qilishda davom etmoqda. Guruh chiqishi davomida eski repertuaridagi qo‘shiqlarni ijro qilishni yaxshi ko‘radi.

Yelena Terleyeva

Yelena “Quyosh” qo‘shig‘i ijrosidan keyin “Oltin grammafon”ga sazovor bo‘lgan, RMA 2007 taqdirlash marosimida “Eng yaxshi qo‘shiqchi” va “Eng yaxshi kompozitsiya” nominatsiyalaridan o‘rin olgan. 2013-yilda u jazz janrida yozilgan albomini taqdim qilgan.

Shundan keyin bir necha qo‘shiq kuylagan Terleyeva avvalgidek mashhurlikka erisha olmagan.

PSY

2012-yilda Psy tomonidan kuylangan Gangnam Style qo‘shig‘i deyarli barchani raqsga tushirgan desa yanglish bo‘lmaydi. Shundan keyin xonanda qisqa muddat bo‘lsa ham megayulduz bo‘lgan.

PSY YouTube’da videosi bir milliarddan ko‘p ko‘rilgan ilk xonanda bo‘lgan. PSY ayni vaqtda o‘z mamlakatida hali ham mashhur, shu bilan birga, turizm elchisi sifatida faoliyat olib boradi va reklama roliklarida suratga tushadi. Uning xalqaro arenadagi mashhurligi so‘nishni boshlagani hamda Adele’ning videosi unikidan ham ko‘proq ko‘rilganidan keyin u spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani va birgina xit muallifi ekanligi og‘irligini tan olgan. 2017-yilda “4X2=8” albomini taqdim qilgan va undagi I Luv It treki bir qancha xalqaro chartlardan o‘rin olgan. Ammo boshqa qo‘shiqlari Gangnam Style’chalik mashhur bo‘la olmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют