» » “Oltin to‘p”, Zidan va fransuzcha Madrid. Kilian Mbappe nima uchun “Real”ga o‘tishi kerakligi haqida

“Oltin to‘p”, Zidan va fransuzcha Madrid. Kilian Mbappe nima uchun “Real”ga o‘tishi kerakligi haqida


Kilian Mbappe o‘z sport karyerasida tub burilish yasashga qaror qilib, PSJ rahbariyatiga joriy mavsum yakunida jamoani tark etmoqchiligini aytdi. Mbappening qat’iy qarorini hech qanaqasiga moliyaviy masalalar bilan bog‘lab bo‘lmaydi, boisi shundoq ham uning PSJdagi maoshi yiliga 20 million yevroni tashkil qiladi. Undagi PSJdan (Fransiyadan) ketishi istagi shaxsiy va professional sabablarga bog‘liq. Demak, quyida shu haqida batafsil fikr yuritiladi.

Zinedin Zidan(vatandoshga xayrixohlik)

Kilian bolalikdan Zinedin Zidanga muxlislik qilgani hech kimga sir emas. U Fransiya Zidanning dubli evaziga Ronaldo va Roberto Karlosi bor Braziliyani 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 1998-yilgi Jahon Chempionatida g‘olib chiqqanidan besh oy o‘tgach tug‘ilgan. Kilianning otasi esa Zidanni kumiri deb bilgan, shu bois Kilian bolaligidanoq u bilan uchrashishni orzu qilgan. Mbappe bolaligida (omadi chopib) xayriya uchrashuvida qatnashib, hatto Zidan bilan suratga ham tushishga muvaffaq bo‘ladi. Bundan tashqari, u Madridda boshqa bir kumiri Krishtianu Ronaldu bilan uchrashgan va bu tarixiy voqeani ham fotokameraga muhrlagan. Aytishlaricha, Kilianning uyida hozirgacha bu ikki afsonaning plakatlari va Madrid futbolkasi bor emish.

Chempionlar Ligasidagi ambitsiyalar

Mbappe “Monako”da o‘ynab yurgan paytlaridayoq Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar yetib borgandi (2017-yil), garchi u o‘sha paytda bor-yo‘g‘i 18 yoshda bo‘lsa ham, aynan uning xizmatlari evaziga jamoa o‘sha bosqichga qadar yetib kelgandi. O‘shanda unga “Real” va PSJga jiddiy e’tibor qaratgan, biroq yakunda Parij klubi uni sotib olishga muvaffaq bo‘lgandi. Shundan so‘ng Kilian PSJ bilan uch marta Chempionlar Ligasida qatnashdi, biroq hamon sovrindan darak yo‘q. O‘tgan mavsumda Lissabonda fransuz klubi azaliy orzusiga juda yaqin kelgandi, ammo haddan ziyod tartibli “Bavariya” bunga yo‘l qo‘ymadi. Hozir Mbappening toqati toq bo‘lgan va tushunib turibdiki, bu yerda orzusiga yeta olmaydi. “Real” esa mazkur musobaqaning qiroli ekanligini hamma qatori u ham biladi.

“Oltin to‘p”

Ma’lumki, kim Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, uning “Oltin to‘p”ga ega bo‘lish imkoniyatlari oshadi. Misol tariqasida Mbappe 2018-yilgi mundialda g‘olib bo‘lganiga qaramay, “Oltin to‘p”ga yaqin ham kela olmagandi. Unga o‘sha yili PSJning Yevromaydonlardagi muvaffaqiyatsizliklari ta’sir o‘tkazmay qolmagandi. Madridda esa “Oltin to‘p”chilar serob: Zidan, Ronaldo, Figu, Krishti (“qirollik klubi”da to‘rt marta mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan).

Hatto maydondagi “qora ish”larni bajaruvchi Modrich ham Madridda ushbu sovringa ega chiqqan. Kilian “Real”ning futbol va mediaga ta’siri kattaligini biladi va shu orqali u o‘z yurtida topshiriladigan eng nufuzli mukofotni qo‘lga kiritishni xohlaydi. “Liverpul” sobiq o‘yinchisi va Afrikaning ikki karra eng yaxshi futbolchisi al-Hoji Diuf Mbappe haqida shunday degandi: “Agar Kilian ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, Fransiyani tark etishi kerak”.

Yangi “Bernabeu”

Mbappe Madrid va uning 2022-yilda dunyodagi eng zamonaviy va hayratlanarli stadionga aylanadigan “Santyago Bernabeu”sidagi islohotlarni eshitgan. Hatto Kilianga loyiha ko‘rsatilgan va ishga tushganidan so‘ng uning qanchalik katta bo‘lishi tushuntirilgan. Mbappe esa intervyularidan birida “Beranabeu”da o‘ynash istalgan futbolchiga zavq bag‘ishlashini aytgan. Galaktikosning bir qismi bo‘lish va ultrazamonaviy stadionda o‘ynash unga qo‘shimcha motivatsiya taqdim etishiga hech qanday shubha yo‘q.

Fransuzcha “Madrid”

Murabbiylar shtabidagi vatandoshlar va Zidandan tashqari, Kilian kiyinish xonasida Varan, Benzema va Mendi bilan birga bo‘ladi, ehtimol yaqin orada Kamavinga va Upamekano ham kelib qolar (“Real” mazkur futbolchilarni kuzatib bormoqda va yaqin bir necha yil ichida ularni Madridga olib kelishni kuzlamoqda). Shundan ekan fransuzlashib borayotgan Madridga Kilian juda tez moslashadi va hech shubhasiz keyingi o‘n yillikning yangi “Ronaldu”siga aylanadi. Mbappe allaqachon ushbu vazifaga shay holatda. Bunga esa atigi bir yil qoldi, xolos.

Boshqa maqolalar: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют