» » “Qurilishdagi qonunbuzarliklardan xavotirdamiz” — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi

“Qurilishdagi qonunbuzarliklardan xavotirdamiz” — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi


Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ekspertlari shahardagi qurilish sohasiga oid vaziyatni tahlil qilib, o‘zining taklif va mulohazalarini taqdim etdi.

“Ushbu soha uzoq vaqt davomida to‘xtab qolganini hisobga olsak, fikrimizcha, qurilishning zamonaviy darajasi talablari va me’morlar, muhandislar va quruvchilar tomonidan ularga rioya etilishi o‘rtasida nomuvofiqlik paydo bo‘ldi. Ko‘plab holatlarda qurilish kompaniyalari amaldagi qonunchilikda belgilangan qurilish va ijtimoiy normalarga amal qilmayapti”, — deyiladi Jamoatchilik kengashi xatida.

Ekspertlar obyektlar qurilishidagi qonunbuzarliklardan xavotirda ekanliklarini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, qurilish jarayonida ko‘pincha ijtimoiy obyektlar, yashil maydonlar, to‘xtash joylari va boshqa infratuzilmaviy hamda ijtimoiy omillarni ta’minlash hisobga olinmayapti.

“Bundan tashqari, deyarli barcha holatlarda qurilish vaqtida alohida ehtiyojmand insonlar, keksalar va bolalar aravachasi bor onalar uchun sharoitlar yaratilmagan, shuningdek, sayr qilish joylari yo‘q”, — deya ta’kidlanadi xatda.

Ekspertlarning fikricha, bu kabi vaziyat ko‘plab uchramoqda, chunki qurilish ishlari Toshkentni rivojlantirishning bosh rejasi tomonidan tasdiqlanmasdan amalga oshirilyapti.

“Ammo bosh rejasiz ham binolarni ixchamlashtirish masalasini turli mojarolarsiz, mavjud me’yorlarga rioya qilgan holda hal etish mumkin”, — qayd etadi Jamoatchilik kengashi.

Ekspertlar poytaxtdagi qurilish ishlarida qator tizimli kamchiliklarni qayd etgan:

Jamoatchilik kengashining ta’kidlashicha, arxitektorlarning qisqarishi yoki shahar arxitektura boshqaruvidan tuman hokimliklariga o‘tkazilishi, obyektlarni joylashtirish va belgilash borasida qaror qabul qilishda, shuningdek, qurilishdagi normalarga rioya qilinayotganini nazorat qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Hozirgi kunda shunday taassurot paydo bo‘lyaptiki, xuddi ularning vazifasi faqat qurish va foydalanishga topshirishdek”, — deyiladi maktubda.

Maktub yakunida ekspertlar Toshkentda amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlari ustidan tahlil o‘tkazishga, qurilish va arxitektura talablarini buzayotgan obyektlarning qurilishini to‘xtatishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 2018-yilda o‘z ishini boshlagan va unga tadbirkor Hikmat Abdurahmonov raislik qilgandi. 2019-yilning iyul oyida u rais sifatida ishini yakunlagani, biroq kengash tarkibida qolishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют