» » Ish bermayotgan sanksiyalar: Shimoliy Koreyaga nimalar taqiqlangan?

Ish bermayotgan sanksiyalar: Shimoliy Koreyaga nimalar taqiqlangan?


AQSh prezidenti Donald Tramp BMTni Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga chaqirib, mamlakatni “butun dunyo uchun haqiqiy xavf” deb atamoqda. 2006-yilda Kim Chen Ir birinchi yadro sinovlarini o‘tkazganidan buyon BMT Koreya iqtisodiyotining beshta asosiy sohalariga sanksiyalar joriy qilgan. Insider Pro ularga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Sanksiyalar to‘pponchadan tortib, jangovar kemalargacha bo‘lgan barcha turdagi qurol-yarog‘larni import va eksport qilishni taqiqlaydi.

BMT yaqinda e’lon qilgan ma’ruzaga ko‘ra, Pxenyan ko‘p yillardan buyon ushbu cheklovlarni soxta kompaniyalar va xalqaro vositachilar orqali aylanib o‘tmoqda.

BMT tashkilotga a’zo mamlakatlarga Shimoliy Koreyadan ko‘mir, shuningdek, temir rudasi, oltin va noyob metallarni sotib olishni taqiqlab qo‘ygan.

Shimoliy Koreya ko‘mirining katta qismi shu paytgacha mamlakatning xalqaro arenadagi yagona ittifoqdoshi — Xitoyga eksport qilingan, ammo fevral oyida Pekin qo‘shnisidan ko‘mir sotib olishni 2017-yil oxirigacha to‘xtatib qo‘yish rejalarini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, BMT Shimoliy Koreyaga aviatsiya, reaktiv va raketa yoqilg‘isini yetkazib berishni man etadi.

Sanksiyalar, shuningdek, Shimoliy Koreya elitasi iste’molini cheklashga ham qaratilgan, shu tufayli, ular Pxenyanga yaxta, qimmatbaho zargarlik buyumlari va gilamlar kabi hashamat buyumlarini sotishni taqiqlaydi.

Ko‘p yillardan buyon BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturlarini moliyalashtirishni to‘sib qo‘yishga urinmoqda. Mamlakatning global bank tizimidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, BMT a’zolariga, shuningdek, ularning hududida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga Shimoliy Koreyaga moliyaviy xizmatlarni taqdim etish taqiqlangan.

Ammo BMTning mart oyidagi ma’ruzasida KXDR qalbaki kompaniyalar tarmog‘i orqali jahon banklaridan foydalanishi haqida dalillar keltirildi.

Shimoliy Koreyaning yadro dasturida ishtirok etuvchilar, shuningdek, ularning vakillari BMTga a’zo mamlakatlarga kirishi taqiqlangan. Taqiq sanksiyalarni aylanib o‘tishga uringan amaldorlarga ham taalluqli.

Sanksiyalar ularni amalga oshirishga tayyorlik va qodirlik bo‘lganidagina samara beradi. Ammo BMTning joriy qilingan cheklovlarni nazorat qilish bo‘yicha o‘z vositalari yo‘q, ko‘plab mamlakatlarga esa buning uchun qat’iylik yoki siyosiy motivatsiya yetishmaydi, deb yozadi nashr.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют