» » Video: Samaradagi vatanga qaytish uchun navbat kutayotgan o'zbek muhojirlari lageri

Video: Samaradagi vatanga qaytish uchun navbat kutayotgan o'zbek muhojirlari lageri


Telegram’dagi Samara shahri va viloyatiga oid ma’lumotlarni yoritib borish bilan shug‘ullanuvchi “63.ru” kanali viloyatda vatanga qaytish uchun navbat kutayotgan o‘zbek muhojirlari lagerining ko‘lami tobora kengayib borayotgani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

“Samara yaqinidagi muhojirlarning palata lageri sezilarli darajada kengayib bormoqda. Buni mahalliy blogerlardan biri tomonidan havodan turib olingan video orqali ham ko‘rish mumkin. O‘zingiz ko‘ring”, — deyiladi video ostida qoldirilgan izohda.

“1-oktabrdan chegaralarning ochilishi bilan muhojirlarning uyga qaytishiga bog‘liq vaziyat hal bo‘lishiga umid qilamiz”, — deb yozadi Telegram’dagi “Kurbanoff.net” kanali muallifi.

Avvalroq Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiya Transport vazirligi hamda aviatsiya hukumatlari bilan bir necha bor muzokaralar olib borgani, biroq Rossiyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha Maxsus komissiyasi ushbu taklifni rad etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, hozirda Rossiya va Qozog‘iston chegara hududida to‘planib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter poyezd qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh hududlardagi fuqarolarni olib kelish bo‘yicha charter avtobus qatnovlarini amalga oshirishga kelishib olingan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Samara viloyatidagi Kinel shahridan uch kilometr narida o‘z vataniga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari uchun vaqtinchalik palatkali lager qad rostlaganiga bir necha oy bo‘lgan. Karantin choralari Rossiyadan chiqishning barcha imkoniyatlarini yopib qo‘ydi. Endilikda odamlar Kineldan Toshkentgacha biror joyda to‘xtamasdan harakatlanuvchi poyezd orqali olib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют