» » O‘zbekistonda 2020-yilning iyul—avgust oyida traktor va kultivatorlar umuman ishlab chiqarilmadi

O‘zbekistonda 2020-yilning iyul—avgust oyida traktor va kultivatorlar umuman ishlab chiqarilmadi


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning 8 oyida 630 dona traktor va 573 dona kultivatorlar ishlab chiqarilgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, traktor va kultivatorlar ishlab chiqarish 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda traktor 35,9 foizga va kultivatorlar 56,8 foizga kamaygan.

Shuningdek, 2020-yilning so‘nggi ikki oyida traktor va kultivatorlar umuman ishlab chiqarilmagani ma’lum qilingan.

Eng yuqori ishlab chiqarish 2020-yilning aprel oyida kuzatilib, 234 dona traktor va 144 dona kultivatorlar ishlab chiqarilgan.

Avvalroq Toshkentda transformer shaklidagi paxta terish mashinalari namoyish etilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют