» » Monopoliyaga qarshi kurash qomitasi intellektual mulk huquqlarini buzgan tadbirkorlik subyektlari royxatini elon qildi

Monopoliyaga qarshi kurash qomitasi intellektual mulk huquqlarini buzgan tadbirkorlik subyektlari royxatini elon qildi


Monopoliyaga qarshi kurash qomitasi 2020-yilda intellektual mulk huquqlarini buzgan 30 ta tadbirkorlik subyektlarining royxatini elon qildi. QonunbuzarlarSnickers, Mars, Zebra,Hydrolife,Kanefronva boshqa brendlarning korinishiga taqlid qilgan.

Malum qilinishicha, royxatda Raqobat togrisidagi qonunning 13-moddasini (insofsiz raqobatni taqiqlash) buzgan 30 ta ishlab chiqaruvchi mavjud. Royxatda keltirilgan tadbirkorlik subyektlari mahsulotning tashqi dizayni, shakli, nomi, markirovkasi, yorligi, qadoqlanishi, rang sxemasi, savdo belgisi, reklama materiallarini nusxalash yoki (raqib) kompaniyaning mahsulotini individualizatsiya qiladigan boshqa elementlarni takrorlash orqali mahsulotga taqlid qilgan kompaniyalar keltirib otilgan.

Qonunga muvofiq, mahsulotiga taqlid qilingan brendlar qatoriga Snickers va Mars shokolad barlari, Shedroye leto margarini, Ozbekistondan quritilgan mevalarni sotadigan Garden Cells, Colgate tish pastasi, Zebra shirinliklari, Kanferon, Ampisul, Colostrum, Festal, Hydrolife, Family mineral suvlari, Akfa Plast va boshqalar qayd etilgan.

Raqobat togrisidagi qonun buzilgan taqdirda, Monopoliyaga qarshi qomita raqobat togrisidagi qonunni buzish faktini aniqlash va tegishli qonuniy choralar korish, shuningdek, qonunni buzgan tadbirkorga nisbatan ish yuritishni tugatish togrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Raqobat togrisidagi qonunni buzganlik togrisidagi ishlarni qozgatish va korib chiqish uchun asoslar monopoliyaga qarshi organning oz tekshiruvlari va tadqiqotlari materiallari, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bayonotlari va tegishli organlarning taqdimnomalari hisoblanadi.

Avvalroq qomita tomonidanOzbekistonda dorilar tanqisligi va narxi oshirilgani yuzasidan 3000 dan ortiq dorixonalarga ogohlantirish berilgani malum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 15:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
:
-
:
20 ... -