» » UFC prezidenti: “Hamzat Chimayevga o‘xshagan jangchini hech qachon ko‘rmaganman”

UFC prezidenti: “Hamzat Chimayevga o‘xshagan jangchini hech qachon ko‘rmaganman”


UFC prezidenti Deyna Uayt Las-Vegasda (AQSh) o‘tkazilgan UFC Fight Night 17 turnirida Jerald Mershertni nokautga uchratgan Hamzat Chimayev haqida fikr bildirdi.

Bir zarba. 17 soniya. Bu yigit o‘zgacha. U boshqalardan ajralib turadi. U men ko‘rgan hech qanday jangchiga o‘xshamaydi. Bu ishda juda uzoq vaqtdan beri shug‘ullanaman. Men juda ko‘p kuchli jangchilarning kelib-ketishini ko‘rganman. Biroq bu yigit esa mutlaqo boshqacha. Men hech qachon bunday jangchini ko‘rmaganman.

Deyna Uayt, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Chimayev 32 yoshli Mershertni 17 soniya ichida nokautga uchratib, tezkor nokautlar borasida UFC tarixida (o‘rta vazn toifasidagi) uchinchi eng yaxshi natijani qayd etdi. Faqat Mark Veyr (10 soniya) va Terri Martin (14 soniya) raqiblarini undan tezroq nokautga uchratgan.

Hamzat 16-iyul kuni UFC on ESPN 13 musobaqasida promoushendagi debyutini o‘tkazgan. Unda shvetsiyalik sportchi Jons Fillipsni og‘ritish usuli bilan taslim etdi. Shuningdek, UFC Fight Island 3 musobaqasida Hamzat Ris Makkini 3 daqiqa ichida nokautga uchratgandi.

Hamzat Chimayev ishtirokidagi janglarni bu yerda ko‘rish mumkin ? havola.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют