» » Britaniya hukumati kam ta’minlangan fuqarolariga 500 yevrodan yordam puli to‘laydi

Britaniya hukumati kam ta’minlangan fuqarolariga 500 yevrodan yordam puli to‘laydi


Britaniya hukumati koronavirus sabab o‘z-o‘zini yakkalashga majbur bo‘lgan kam ta’minlangan fuqarolarga 500 yevrodan yordam puli to‘laydi. Bu haqda Buyuk Britaniya sog‘liqni salqash vaziri Mett Xenkokka tayanib, BBC xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yordam puli bir martalik bo‘lib, ushbu toifaga kiruvchi fuqarolarning o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishiga to‘sqinlik qilgan ish beruvchilar jarimaga tortiladi. Vazirning ta’kidlashicha, bu kabi sxema Angliyada qo‘llaniladi, biroq Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya hukumati muqobil moliyalashtirish dasturiga ega bo‘ladi.

O‘z-o‘zini izolyatsiyalash rejimini buzganlar 1000 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Ushbu holat qayta takrorlansa jarima 10 ming yevroaga ko‘tariladi.

Buyuk Britaniya bosh vazirining bosh maslahatchisi Patrik Uallansning ma’lum qilishicha, oktabr o‘rtalariga borib mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 50 mingga yetishi mumkin. Hozirda esa COVID-19’ga chalinish holatlari har yetti kunda ikki barobarga ko‘paymoqda. Noyabr oyi o‘rtalariga borib esa Britaniyada har kuni 200 kishigacha bemor COVID-19’dan vafot etishi mumkin.

Uallansning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakat aholisining 8 foizga yaqini virus bilan kasallangan va tabiiyki ularda anitana mavjud. “Bu ko‘pchiligimiz himoyasiz ekanligimizni va kasallikka chalinishimiz mumkinligini bildiradi”, — deydi maslahatchi.

Avvalroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda qayta karantin joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Hukumat qishda vaziyat undan ham og‘irroq bo‘lishidan ogohlantirmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют