» » Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi olmasligi uchun, bolasining olimiga ham rozi bolgan ogir kunlari haqida gapirib berdi (video)

Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi olmasligi uchun, bolasining olimiga ham rozi bolgan ogir kunlari haqida gapirib berdi (video)


Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi olmasligi uchun, bolasining olimiga ham rozi bolgan ogir kunlari haqida gapirib berdi.

Bu haqda aktrisa YashinTVga bergan intervyusida malum qildi.

40 kunlik farzandim ogir kasal boldi. Davolanib chiqqach, bir kuchli shifokordan soraganimizda, urugingizda kimdadir shunaqa opka-nafas olish kasalligi bor, farzandingga ham bu otgan, dedi.

Dadamga dada, bizni avlodimizda kimningdir opkasi yomon ekan, shu qondan otgan ekan dedim. Dadam yoshliklarida qattiq bronxit bolgan ekanlar. Dadam bu gapimni yuraklariga qattiq olibdilar, kasal bolib qoldilar. Mendan otgan kasallik, deb kongillariga oldilar,qattiq kasal bolib qoldilar. Endi dadamni yoqotib qoyishimiz mumkin bolgan xavf, xavotir farzandimdan dadamga otdi.

Men bu paytda Tomaris roliga rozi bolib, teatrga borganman. Bolam ikki-uch oylik bolib qolgan.

Spektaklda Tomaris farzandini Eron shohi Kir olib qoyadi, davlatingni bermasang, farzandingni oldiraman, deydi. Oshanda Tomarisning qalbi larzaga kelib, yiglaydigan joyi bor. Shunda men har kuni shu ssenariyni oqiyotganimda farzandimni 40 kunlik chaqaloqligida qanaqa yoqotayotganimni koz oldimga keltirardim.

Tomaris erini ham yoqotgan edi. Shu narsalarni hammasini koz oldimga keltirardim. Farzand yoqotishning qanchalar azobliligini koz oldimga keltirib, shu ssenariyni oqirdim.

Buyoqda dadam kasal bolib qoldilar. Endi ichimda Mayli, ey Xudo, oglimni olgin-u, faqat dadamni qaytarib bergin. Faqat dadamga hech narsa bolmasin. Dadam otib qolmasinlar. Men ogilni yana tugib olarman, lekin otamni qayerdan topaman? Otam otib qolsalar hech qachon qaytib kelmaydilar-ku? deb har kuni, tun-u kun Xudodan dadamni sogliklarini sorardim.

Allohga behisob shukr, dadam yaxshi bolib qoldilar. Lekin osha kundan boshlab, men dadam uchun qorqadigan bolib qoldim. Ozgina mazalari qochib qolsa ham, dadamni yoqotib qoyish xavfi doim miyamda aylanardi.

Hozir ham dadamga bir narsa bolsa zirillayman. Yomon bolib qolaman. Hamma farzandim der ekan, hech kim ota-onam demas ekan. Man farzandimni olgin, lekin dadamni qaytarib bergin deydigan galati inson ekanman. Farzandimni ol demasdan ham, otamni olib qoymagin, desam ham boladi-ku. Yoq, men shu garovga kimnidir qoyarkanman. Bu yaxshi narsa emas ekan. Garovga kimningdir hayotini qoyish kerak emas ekan. Bu narsalarni endi tushundim.

Munojat Alimboyeva, aktrisa va xonanda

Malumot uchun, aktrisa Munojot Alimboyeva Jaydari kelin spektakli bilan mashhurlikka erishgan. Aktrisa Onam bilmasin, Dadam bilmasin, Er bermoq, jon bermoq filmlari va bir qancha seriallarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 18:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -