» » Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita o‘tkazish punkti 15-may kuni ochiladi

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita o‘tkazish punkti 15-may kuni ochiladi


O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi “Oq oltin” va “Malik” avtoyo‘l o‘tkazish punktlari 15-maydan ish boshlashi kerak. Bu O‘zbekiston Prezidentining 26-apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Toshkent va Samarqandni qisqa yo‘l orqali bog‘lovchi M-39 trassasida joylashgan ushbu o‘tkazish punktlari faqat yengil avtotransport o‘tishi uchun foydalaniladi. Tijorat maqsadida yuk va tovarlarni ushbu punktlar orqali olib o‘tish taqiqlangan.

Qozog‘istonga qarab notranzit maqsadlarda yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, Qozog‘iston fuqarolariga nisbatan chegara nazorati qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda va O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Janubiy Qozog‘iston viloyatining Paxtaorol tumani hududi bo‘ylab uzluksiz tranzit bilan ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari soddalashtirilgan tartibda — chegara belgilari qo‘yilmasdan o‘tkaziladi.

Ikkita o‘tkazish punktida ham bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi: bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirish, ro‘yxatdan o‘tish va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish shart emas, ammo ular majburiy ravishda ko‘zdan kechiladi.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют