» » Dunyodagi eng uyquchi mushuk Xitoyda yashashi ma’lum bo‘ldi (foto)

Dunyodagi eng uyquchi mushuk Xitoyda yashashi ma’lum bo‘ldi (foto)


Mallarang “manchkin” zotiga mansub mushukning ismi Fat Syan, u xitoychada “omadli” degan ma’noni anglatadi. Bu taxallus unga juda mos keladi, sababi uning kuni bo‘yi uxlashiga hech kim xalaqit bermaydi.

Tayvanlik Jessi ismli tish shifokori 4 yil avval Fat Syanni ko‘chadan topib olgan. Mushuk o‘shanda ham hozirgidek sog‘lom ko‘rinmagan. Kichkina va nimjon mushuk ko‘chaning boshqa mushuklari bilan jangda o‘zini himoya qila olmay, jarohat olgan edi. Bundan tashqari, Fat Syanga mushuklarning immunitet tanqisligi virusi – OIVga o‘xshash kasallik tashxisi qo‘yilgan.

Mushuk yangi uyida qayergadir yashirinib, 16-20 soatlab uxlaydi. Bundan xavotirga tushgan uy egasi mushukni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, Fat Syanning sog‘lig‘ida muammo yo‘q, immunitet tanqisligi virusi bundan mustasno. Shifokorlar mushuk ko‘chadagi og‘ir va mashaqqatli hayotdan charchagan, endi esa shunchaki dam olmoqchi, degan xulosaga kelgan.

Shundan so‘ng Jessi mushukni o‘z holiga qo‘yishga qaror qildi. Endi mushuk o‘zi orzu qilgandek hayot kechirmoqda. U tik turib, yotib, turli holatlarda uxlaydi. Mushuk uyquga ketganida hech narsani sezmaydi, hatto Jessi uning tirnoqlarini olayotganida ham uyg‘onmaydi. Uyqudan uyg‘ongan mushuk biroz sayr qiladi, ovqatlangandan so‘ng yana uyquga ketadi.

Jessi o‘zining g‘ayrioddiy mushugini boshqalar ham bilishi uchun o‘zining Facebook sahifasini yaratdi, hozirda unga 28 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Jessi sahifaga Fat Syan va xitoychada “xushbichim” degan ma’noni anglatuvchi Shuay ismli mushuk bilan tushgan surat va videolarini joylashtirib boradi.

Shuningdek, u sahifani hazil tariqasida “Yugur, Syan!” deb nomlagan, sababi uning mushugi uzoq muddatlik dam olishdan so‘ng kuchga to‘lgan. Ammo uyquchi mushukning muxlislari uning sahifasiga berilgan nom ustida tez-tez tortishadi, chunki hali ham uxlashda davom etayotgan mushukka qarab uning yugurishiga ishonish qiyin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют