» » Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Xalqaro avtomobilsiz kunda ishga velosipedda keldi (foto)

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Xalqaro avtomobilsiz kunda ishga velosipedda keldi (foto)


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 22-sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan ishga velosipedda bordi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Aziz Abduhakimov avvalroq barcha o‘zbekistonliklarni ushbu aksiyada faol qatnashishga chaqirgan.

“Bugun ishga odatdagidan vaqtliroq yo‘lga chiqib, velosipedda bordim. Bu kishi kayfiyatiga katta ijobiy ta’sir qiladi”, — dedi Aziz Abduhakimov “Kun.uz”ga bergan intervyusida.

Bosh vazir o‘rinbosari suhbat davomida O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yangi darajaga chiqishi haqida aytib o‘tgan. Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida velosiped yo‘laklari quriladi.

Aziz Abduhakimov Toshkent shahrining ko‘p joylarida hali velosiped yo‘laklari yo‘qligini ta’kidlab, ayni paytda maxsus ishchi guruh bu masalani ham qamrab olgan qaror loyihasini tayyorlayotganini bildirgan.

Tayyorlanayotgan qaror loyihasiga asosan, nafaqat Toshkent shahrida, balki butun respublikadagi yirik aholi punktlarida velosiped yo‘laklari, piyoda yurish va yugurish marshrutlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, streetball (ko‘cha basketboli), street workout (mashg‘ulot maydonlari), mini futbol, badminton kabilarni butun respublika bo‘yicha ommalashtirish, kerakli infratuzilmani yaratish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, hozirda Vazirlar Mahkamasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov rahbarligida ishchi guruh tashkil etilib, O‘zbekistonda ommaviy sport va sog‘lom hayot tarzi targ‘ibotini kuchaytirish, bu yo‘nalishni davlat siyosati darajasiga olib chiqish borasida ishlar olib borilmoqda.

“Sog‘lom turmush tarzi O‘zbekistonda har bir fuqaroning kundalik hayotidan o‘rin olishi bo‘yicha dastur ishlab chiqilmoqda. Yaqin orada tegishli qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilinadi. Bu borada keng jamoatchilikdan takliflar berishini so‘rab qolardik.

Hozirgi kunda ishchi guruh har kuni ish olib boryapti, qaror loyihasi qator vazirliklar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqildi”, — deya ma’lum qilgan Aziz Abduhakimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom ovqatlanish masalasiga oid yana bir alohida qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, qabul qilinishi kutilayotgan qarorda ommaviy sportni targ‘ib qilish bo‘yicha ham ko‘plab vazifalar belgilab beriladi.

Mavzuga doir: Qashqadaryolik hokimlar velosipedda poyga uyushtirdi. Zoir Mirzayev va Alisher Zokirov g‘olib bo‘ldi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют