» » Toshkent davlat yuridik universiteti qabul kvotasini oshiradi va kreditlar tizimini joriy qiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti qabul kvotasini oshiradi va kreditlar tizimini joriy qiladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatga muvofiq, Adliya vazirligi tuzilmasida adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) rektori lavozimi joriy qilindi.

Universitetda o‘quv yuklamasini qulaylashtirish ko‘zda tutilgan, ya’ni mustaqil tayyorlanish uchun alohida davrni joriy etish va attestatsiya davomiyligini oshirish orqali nazariy ta’lim vaqti qisqartiriladi.

Universitet talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida kreditlarni (o‘quv vaqtining shartli sinov birliklari)ni to‘plash va o‘tkazish tizimini joriy qiladi.

TDYuU bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasi oshirildi. U 600 ta o‘rin darajasida belgilandi, qonunchilikka muvofiq oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Shuningdek, TDYuU bakalavriatiga chet el fuqarolarini test sinovlarisiz, suhbat asosida qabul qilish tartibi belgilandi, buning uchun ular ta’lim tilini bilishi kerak.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 11:43)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют