» » O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportini ID-kartaga almashtirish 2030-yilgacha 2 bosqichda amalga oshiriladi

O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportini ID-kartaga almashtirish 2030-yilgacha 2 bosqichda amalga oshiriladi


O‘zbekiston Prezidenti farmoniga binoan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikatsiya qilishning yagona tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, biometrik pasportlar o‘rniga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda.

Biometrik pasportlar hamda yashash guvohnomalari ID-kartalarga quyidagi muddatlarda almashtiriladi:

O‘zbekiston fuqarosining 2011-yil namunasidagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

ID-kartalarni olish va almashtirish uchun O‘zbekiston fuqarosi xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishi mumkin.

Hozirgi biometrik pasportlarni rasmiylashtirish muddati 10 ish kuni bo‘lgan bo‘lsa, ID-kartalarni rasmiylashtirish 1 ish kunida amalga oshiriladi.

ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya’ni 2020-yil 22-sentabr holatiga 198 470 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati 2020-yil 6-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют