» » Boris Jonson Angliyada COVID-19 sababli jarimalar qayta joriy etilishini ma’lum qildi

Boris Jonson Angliyada COVID-19 sababli jarimalar qayta joriy etilishini ma’lum qildi


Angliyada COVID-19 bilan kurash bo‘yicha cheklov choralari, jumladan, bar va restoranlar uchun ish soatlari cheklovi, shuningdek, birga yig‘ilishi mumkin bo‘lgan kishilar soni bo‘yicha cheklovlar qayta joriy qilinadi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Hukumat Angliyada koronavirus infeksiyasining maksimal darajada pasayishiga erishish uchun hayotimiz va yashash sharoitimizga minimal darajada zarar yetkazadigan, diqqat bilan ko‘rib chiqilgan yangi cheklovlarni o‘rnatadi”, — dedi Jonson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ikkinchi milliy karantin joriy qilinmayapti, hamma uyda o‘tirishga majbur emas, maktablar va universitetlar faoliyatni to‘xtatmaydi.

“Birinchidan, biz uyda ishlashga qodir bo‘lgan barcha ofis ishchilaridan buni so‘raymiz”, — dedi Jonson Buyuk Britaniya parlamentidagi chiqishida.

Shuningdek, 24-sentabrdan boshlab barcha barlar va restoranlar faqat stollarda xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi, olib ketish xizmatlari bundan mustasno.

Uning ta’kidlashicha, barcha muassasalar mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da yopilishi kerak.

Bundan tashqari, hukumat himoya niqoblarini taqish talablarini ham kengaytirmoqda, xususan, endi bu chora chakana savdo do‘konlari ishchilari, barcha taksilar va shaxsiy transport vositalaridan foydalanuvchilarga taalluqli bo‘ladi. Shu bilan birga, bar va restoranlarda mehmonlar va xodimlardan stollar atrofiga o‘tirmagan vaqtda niqoblardan foydalanish talab qilinadi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 28-sentabr kunidan boshlab to‘ylarda ruxsat etilgan mehmonlar soni 15 kishidan oshmasligi kerak, dafn marosimlarida 30 kishigacha ruxsat beriladi.

Jonsonning ta’kidlashicha, turizm va savdo sohalarida koronavirusga qarshi choralar bo‘yicha tavsiyalar qonuniy majburiyatlarga aylanadi, agar ular buzilsa, jarima solinadi.

Ushbu qoidalarni buzganlik uchun qattiqroq jazo choralari qo‘llaniladi. Shunday qilib, o‘zini o‘zi yakkalashi kerak bo‘lganlar, ammo bu ishni qilmaganlar uchun 10 ming funt sterlinggacha jarima belgilanadi. Xuddi shu jazo qoidalarni buzgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Majburiy niqob taqish qoidasini buzish birinchi qoidabuzarlik uchun 200 funt sterlinggacha jarimaga sabab bo‘ladi. Jonsonning aytishicha, tartibni saqlash uchun politsiyachilar ko‘chalarga ko‘proq joylashtiriladi

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, yuqoridagi choralar Angliyaga tegishli. Mamlakatning boshqa mintaqalari hokimiyatlari ham COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun shunga o‘xshash choralar ko‘radi.

Buyuk Britaniya bosh shifokori Kris Uitti London infeksiyaning tez tarqalishi sababli yaqin olti oy ichida COVID-19 epidemiyasi bilan jiddiy kurash olib borishi kerak, deb hisoblaydi.

Uittining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yo‘nalishni o‘zgartirishi kerak, aks holda aholi og‘ir ahvolga tushib qoladi.

O‘z navbatida, hukumatning ilmiy maslahatchisi Patrik Vellensning aytishicha, bir necha hafta ichida Buyuk Britaniyada hech qanday choralar ko‘rilmasa, kasallanishning o‘rtacha kunlik o‘sishi 49 mingga yetishi mumkin. O‘lim holatlarining kunlik ko‘rsatkichi esa noyabr oyining o‘rtalariga kelib 200 dan oshishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 398 mingdan oshgan, kasallanganlarning 41,7 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Avvalroq Boris Jonson Buyuk Britaniyada qayta karantin joriy etilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют