» » O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga rag‘batlantirish pullarini to‘lash 2021-yilgacha to‘xtatildi

O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga rag‘batlantirish pullarini to‘lash 2021-yilgacha to‘xtatildi


O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga 2021-yilgacha rag‘batlantirish pullari to‘lanmaydi. Bu haqda hukumatning “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21-sentabrda qabul qilingan qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishining to‘xtatib turilishi 2020-yil 1-oktabrdan 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylari hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlar bundan mustasno.

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 milliard 288 million so‘m xarajatlar maqbullashtirildi.

Mavzuga doir: Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari haqidagi ma’lumotlar Moliya vazirligining saytida e’lon qilib boriladi

Qarorga ko‘ra:

Qaror bilan, shuningdek, respublika va mahalliy budjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari birinchi yarim yillikda 64,9 trln so‘mni tashkil etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют