» » Rossiyada sobiq politsiyachi davlat sirini oshkor qilgani uchun 8 yilga qamaldi. U rahbariyatni giyohvand moddalar savdosida ayblagandi

Rossiyada sobiq politsiyachi davlat sirini oshkor qilgani uchun 8 yilga qamaldi. U rahbariyatni giyohvand moddalar savdosida ayblagandi


Rossiya tarkibiga kiruvchi Xakasiya davlati Oliy sudi Ichki ishlar vazirligining respublika boshqarmasi giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yuriy Zaytsevni umumiy rejimdagi koloniyada sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

U pora olish va davlat sirlarini oshkor qilishda aybdor deb topilgan. Sobiq politsiya xodimi ham 156 ming rubl miqdorida jarimaga tortilib, ham podpolkovnik unvonidan mahrum qilindi. Zaytsev himoyachisi sud hukmi ustidan shikoyat qilishini aytdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yil dekabr oyida Zaytsev internetda giyohvand moddalar sotuvchisi bilan bog‘lanib, 52 ming rublga teng bitkoinlarda pora evaziga shu sotuvchidan giyohvand moddalarni o‘g‘irlagan shaxsni hibsga olishga rozi bo‘lgan.

Zaytsevga qarshi ish 2019-yil mart oyida ochilgan. Bundan bir oz oldin, turmush o‘rtog‘ining so‘zlariga ko‘ra, Zaytsev viloyat giyohvand moddalar nazorati boshqarmasi rahbariyati internet do‘konlar orqali giyohvand moddalar savdosini himoya qilayotganini bilib, bu ishni bas qilishni talab qilgan.

Bunga javoban u “ichki ishlar organlari xodimining sha’niga putur yetkazadigan xatti-harakat” uchun xizmatdan chetlashtirilgan.

Zaytsev rafiqasining so‘zlariga ko‘ra, uning giyohvand sotuvchidan pora olganligi haqidagi ma’lumotlar tergovchilarga Ichki ishlar vazirligining Xakasiya bo‘yicha giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i, Zaytsevni giyohvand moddalar savdosida gumon qilgan yuqori lavozimli politsiyachilardan biri Yevgeniy Lisix tomonidan yetkazilgan.

2019-yil noyabr oyida Zaytsev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat yo‘llagan. Unda bu jinoiy sxema haqida batafsil gapirib bergan.

Shundan so‘ng unga nisbatan davlat sirlarini oshkor qilish, kamerada narkodiler bilan maxfiy yozishmalarning bir qismini namoyish qilgani uchun ish ochilgan. Zaytsev uy qamog‘idan tergov izolyatoriga o‘tkazilgan.

Xakasiya Ichki ishlar vazirligi Zaytsevning harakatlarini “bo‘limni obro‘sizlantirishga urinish” deb atagan. 2019-yil oxirida Ichki xavfsizlik xizmati tekshirishni boshlagan, ammo uning natijalari haqida hech narsa xabar qilinmadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют