» » Shota Arveladzeda koronavirus aniqlandi. “Paxtakor” bugun “Shahr Xodro”ga qarshi o‘ynaydi

Shota Arveladzeda koronavirus aniqlandi. “Paxtakor” bugun “Shahr Xodro”ga qarshi o‘ynaydi


Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladzeda koronavirus aniqlandi, deb yozmoqda “Championat.asia”.

Qayd etilishicha, topshirilgan test natijalari Shota Arveladzening koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan. Buni klub rasmiylari ham tasdiqlagan. Endi Arveladze 7 yoki 14 kun davomida o‘zini o‘zi yakkalash holatida bo‘lishi kerak.

Qayd etish joiz, “Paxtakor” 23-sentabr, chorshanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida Eronning “Shahr Xodro” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichining hal qiluvchi o‘yinini “sherlar” bosh murabbiysiz o‘tkazishga majbur. Mazkur bahsdagi g‘alaba Toshkent klubini musobaqa nimchorak finaliga olib chiqadi.

Ayni damda “Paxtakor” B guruhida 8 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘onani esa 11 ochkoga ega “Al-Hilol” egallab turibdi. “Al-Ahli” esa 7 ochkoga ega. “Shahr Xodro” bo‘lsa, atigi 1 ochko to‘plagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют