» » Internetda yangi BMW M3 va M4’ning suratlarni rasmiy taqdimotdan oldin tarqalib ketdi

Internetda yangi BMW M3 va M4’ning suratlarni rasmiy taqdimotdan oldin tarqalib ketdi


Instagram’da yangi BMW M3 va M4 modellarining suratlari rasmiy taqdimotdan oldin tarqalib ketdi, deb xabar beradi CARakoom.

Suratlarda yorqin yashil rangdagi M3 va sariq rangli M4 Coupe’ni ko‘rish mumkin.

M3 va M4 gorizontal plankalarga ega yangi vertikal radiator panjarasiga ega bo‘lishi oldinroq ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, avtomobillar ventilyatsion teshiklarga ega original kapotga, o‘tkir faralar va to‘rttalik gaz chiqarish trubalariga ega bo‘lgan. M3 hamda M4’ning orqa faralari bir-birinikidan farq qiladi.

Modellarning tashqi ko‘rinishi BMW ixlosmandlari orasida turli bahslarni yuzaga keltirsa-da, avtomobillarning texnik tavsifi ko‘pchilikni hayratga solishi aniq.

Mashinalar kapoti ostidan olti silindrga ega 3,0 litrli ikkita puflagichli motor o‘rin olgan. Standart jamlanma 473 ot kuchi va 598 Nm aylanuvchi momentni o‘z ichiga oladi, Competition versiyasi esa — 503 ot kuchi va 598 Nm.

BMW M3 va M4’larning aksariyat qismi sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisiga va to‘liq uzatmali holda yetkazib beriladi. Biroq orqa uzatmali, shuningdek, olti pog‘onali “mexanika”ga ega variantlarni ham buyurtma qilish imkoni bo‘ladi.

Avvalroq BMW’ning yangi modellarini iPhone yordamida ochish imkoniyati paydo bo‘lishi va kompaniya ayrim funksiyalar uchun obunani sotishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 2021-yildan boshlab BMW’ning modellari yo‘llarni “his qilishni” boshlaydi.

Mavzuga doir: BMW 1-seriyali xetchbeki yoshlarbop versiyaga ega bo‘ladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют