» » NFL o‘yinlar vaqtida bosh murabbiylari tibbiy niqob taqmagani uchun uchta klubni 1 mln dollar jarimaga tortdi

NFL o‘yinlar vaqtida bosh murabbiylari tibbiy niqob taqmagani uchun uchta klubni 1 mln dollar jarimaga tortdi


AQSh milliy futbol ligasi (NFL) o‘tgan yakshanba kungi o‘yinlarda tibbiy niqob taqmaganligi uchun uch klub va ularning murabbiylarini jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda Komonews.

Xabarda aytilishicha, “Sietl Sihoks” ustozi Pit Kerroll “Nyu-Ingland Patriots” bilan o‘yinda niqob taqmagani uchun 100 ming dollar jarimaga tortilgan, klub esa 250 ming dollar miqdorida jarima to‘laydi. Shuningdek, “San-Fransisko Forti Nayners” va “Denver Bronkos” bosh murabbiylari Kayl Shenaxen hamda Vik Fanxio klublari bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan miqdorda jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, liga faqat uch murabbiyga jarima solish bilan cheklanmaydi, tez orada yana bir qancha protokolga amal qilmaganlar jazolanishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, bir hafta oldin NFL vitse-prezidenti Troy Vinsent klublarga murabbiylar shtabi o‘yinlar vaqtida tibbiy niqobda bo‘lishi kerakligini va amaldagi xavfsizlik protokollariga rioya qilmaslik tegishli sanksiyalarga olib kelishini aytgan.

Milliy futbol ligasi (NFL) — amerikancha futbolning Qo‘shma Shtatlardagi professional birinchiligi hisoblanadi. Hozirda NFL tarkibida 32 ta jamoa bor. Liga 1922-yilda hozirgi nomini olgan. NFL’ning joriy mavsumi 10-sentabr kuni boshlangan va 2021-yil 3-yanvarida o‘z nihoyasiga yetadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (31-mart holatiga ko‘ra, 1 115 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют