» » O‘zbekistonning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi


O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqida o‘z manbalariga tayanib, “Uz24” xabar berdi.

Rahim Rajabov 1937-yilda Buxoro viloyatida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1960-yilda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnik universiteti) tamomlagan.

O‘z vaqtida “Uzbekselmash” va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan “Algoritm” zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan, uni boshqargan.

1990-yildan 1997-yilgacha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Xabarda uning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avvalroq Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Qoraqalpog‘iston rahbari Musa Yerniyazov, Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev, bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют