» » O‘zbekistonda mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga qonunga zid tarzda o‘zgartirish kiritilgan bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga qonunga zid tarzda o‘zgartirish kiritilgan bo‘lishi mumkin


22-sentabr kuni mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ma’muriyati tomonidan mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirish kiritilgani ma’lum qilindi.

“Ushbu tartibga ko‘ra, qurilmaning IMEI kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak”, — deyiladi tizimning rasmiy xabarida.

“Kun.uz”ning yozishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomda mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish tartibi batafsil belgilab qo‘yilgan.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati haqida so‘z boradi. Unga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart hamda normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llanadi.

Yuqoridagi qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarorlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega.

Bu hali tizim operatori yoki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IMEI kodlarni ro‘yxatga olish tartibiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan o‘zgartirish kiritilgan taqdirda uning qonunchilikka zid ekanligi haqidagi mulohazalar. Bizga berilgan xabarda mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga tizim operatori tomonidan o‘zgartirish kiritilgani aytilgan xolos. Ushbu holatda tizim operatorining na idoraviy normativ-huquqiy hujjat va na Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani ham ehtimoldan xoli emas. Har holda, tizim operatori tomonidan berilgan mavhum xabar bizda shunday shubhalarni paydo qilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, biror-bir ijtimoiy munosabat Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadigan bo‘lsa, mavjud tartibga o‘zgartirish kiritish yoki uni bekor qilish uchun shuni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining boshqa bir qarori yoki yuridik kuchi bo‘yicha undan yuqori turuvchi boshqa birorta normativ-huquqiy hujjat, masalan, Prezident qarori yoki qonun qabul qilinishi lozim.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarorining 4-bandida 2018-yil 1-maydan boshlab, barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali) jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozimligi belgilangan. Mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekistonning har bir fuqarosiga daxldor muhim masala ekanligi hisobga olinsa, mazkur tartibga kiritiladigan o‘zgartirish, albatta, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi va jamoatchilik o‘z takliflarini bildirishi lozim. Mavjud tartibga shoshilinch o‘zgartirish kiritish vaji ham ushbu talabni bajarmaslik uchun bahona bo‘lolmaydi.

So‘ngso‘z o‘rnida aytish mumkinki, tizim operatori mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga yuqorida keltirilgan qonunchilik talablariga rioya qilmay o‘zgartirish kiritgan bo‘lsa, ushbu o‘zgartirish noqonuniyligi tufayli bekor qilinishi hamda amaliyotga joriy etilmasligi lozim.

Eslatib o‘tamiz, sentabr boshlarida 2020-yilning yozi boshidan buyon xorijdan uchib kelgan fuqarolar telefonlarining IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida muammolarga duch kelayotgani haqida xabar berilgandi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov-surishtiruv olib borilayotgan, Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotgan. Keyinroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi IMEI kodlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda telefonlarning IMEI kodlarini boshqa shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют