» » Rasman: “Barselona” futbolchisi Nelson Semedu APL klubiga o‘tdi

Rasman: “Barselona” futbolchisi Nelson Semedu APL klubiga o‘tdi


“Barselona” portugaliyalik himoyachi Nelson Semeduni Angliyaning “Vulverhempton” klubiga sotib yubordi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar berdi.

26 yoshli Semedu “Vulverhempton” klubi bilan 2023-yil yoziga qadar mo‘ljallangan bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvni 2025-yil yoziga qadar uzaytirish imkoniyatini ham shartnomada qayd etib o‘tgan.

“Barselona” Nelson uchun 30 million yevroga ega bo‘ladi. Bundan tashqari turli natijalarga qarab kataloniyaliklar yana 10 million yevro bonusga ega bo‘lishi mumkin.

Nelson Semedu “Barselona” safida uch mavsum harakat qilib, 122 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” chililik yarim himoyachi Arturo Vidalni “Inter”ga sotib yuborgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют