» » Niderlandiya terma jamoasida Ronald Kumanning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Niderlandiya terma jamoasida Ronald Kumanning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi


“Inter” va “Ayaks” klublarining sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur Niderlandiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladi, deb xabar berdi De Telegraaf.

Xabarga ko‘ra, 50 yoshli mutaxassis Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi bilan 2022-yil o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Ta’kidlanishicha, bu haqida rasmiy ravishda keyingi hafta boshida e’lon qilinadi.

Qayd etish joiz, de Bur ushbu lavozimda “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kumanning o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, terma jamoa shtabiga “Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Rud van Nistelroyning kiritilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Frank de Burning so‘nggi jamoasi MLS’ning “Atlanta Yunayted” klubi bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют