» » O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlaridagi maishiy soha ishlariga jalb qilinadi

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlaridagi maishiy soha ishlariga jalb qilinadi


O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakat fuqarolarining chet elda bandligini ta’minlash orqali ularning daromadini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Muzokaralar natijasida turli xorijiy davlatlarning, shu jumladan Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Alhejazgroup rekruting kompaniyasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, xususan, O‘zbekistondagi mehnat bozorini o‘rganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

“Videoaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda arab mamlakatlari hududida O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi”, – deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют