» » “Real”ning har bir futbolchisi 1 mln yevro miqdoridagi mukofot pulidan voz kechdi

“Real”ning har bir futbolchisi 1 mln yevro miqdoridagi mukofot pulidan voz kechdi


Madridning “Real” klubi futbolchilari koronavirus pandemiyasi davrida jamoaga yordam berishga qaror qildi.

Futbolchilar Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogidagi g‘oliblik uchun taqdim etiladigan mukofot pullaridan voz kechdi, deya xabar qilmoqda COPE.

Har bir futbolchi La Liga chempionligi uchun 700 ming yevro, Superkubokdagi g‘oliblik uchun esa 300 ming yevrodan bonusga ega bo‘lgandi.

Shu tariqa “Real”ning har bir o‘yinchisi 1 million yevrolik mukofot pulidan voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 2019/20-yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi. Shuningdek, jamoa yanvarda bo‘lib o‘tgan yangi formatdagi Ispaniya Superkubogi finalida “Atletiko”ni mag‘lub etgan holda sovringa ega bo‘ldi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют