» » Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmadi

Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmadi


Germaniya Aleksandr Lukashenkoni inauguratsiyadan keyin ham Belarusning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydi. Bu haqda Deutsche Welle’ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Shuningdek, Slovakiya ham Lukashenkoning qonuniyligini tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivan Korchok Twitter’da ma’lum qildi.

Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham shunday bayonot bilan chiqdi. “Belarusda prezidentlik saylovlari na erkin, na adolatli o‘tdi. Ularning natijasi noqonuniy. Hech qanday marosim — u dabdabali bo‘ladimi yoki sirli —  bu rad etib bo‘lmaydigan haqiqatni o‘zgartirmaydi”, —  degan u.

Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs Lukashenkoning maxfiy inauguratsiyasi uni mamlakatning qonuniy prezidentiga aylantira olmasligini e’lon qildi. Shuningdek, Lukashenko “o‘z mandatidan aqniq ayrilgani” haqida Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu ham aytdi.

23- sentabr kuni ertalab Minskdagi Mustaqillik saroyida avvaldan e’lon qilinmagan inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleksandr Lukashenko Belarus prezidenti lavozimini egalladi. Unda yuqori martabali amaldorlar, parlament a’zolari, davlat tashkilotlari rahbarlari va OAV, ilm-fan, madaniyat va sport vakillaridan iborat bir necha yuz kishi ishtirok etgan. Inauguratsiya marosimidagi lavha Belarus telekanallari efirida postfaktum namoyish etilgan.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenko rasman Belarus prezidenti lavozimida ish boshladi. Uning inauguratsiyasi “yashirincha” o‘tkazilgan

Eslatib o‘tamiz, Belarusdagi prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni o‘tkazilgan. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib deb topilgan. U mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют