» » KXDR AQSh atom suv osti kemasini cho‘ktirib yuborish bilan tahdid qildi

KXDR AQSh atom suv osti kemasini cho‘ktirib yuborish bilan tahdid qildi


Pxenyan Janubiy Koreyaga yetib kelgan AQSh harbiy-dengiz flotiga tegishli USS Michigan atom suv osti kemasini cho‘ktirib yuborishga va’da berdi. Bu haqda Shimoliy Koreya hukumat OAVlariga tayanib, “Ryonxap” agentligi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

KXDR Amerika suv osti kemasining yetib kelishini harbiy qo‘rqitish harakati, deb hisoblamoqda.

“Zudlik bilan atom suv osti kemasini aviatashuvchi zarba berish guruhi bilan birgalikda Koreya yarimoroliga joylashtirilishi, keyinchalik bizning respublikaga nisbatan harbiy tahdidlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.

Pxenyan agarda biror-bir xavf tug‘iladigan bo‘lsa, hujum qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. “USS Michigan joyidan qimirlashi bilan suv osti arvohiga aylanishga mahkum bo‘ladi”, — deyiladi KXDR hukumat OAVlari xabarida.

USS Michigan Janubiy Koreyaning Pusan portiga 25-aprel kuni yetib kelgan. Tekshiruvdan so‘ng Yapon dengizida harbiy o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etish uchun USS Carl Vinson aviatashuvchisiga borib qo‘shiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют