» » O‘zbekistonda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi “Jasur Qutqarboyev” nomli multserial yaratilmoqda

O‘zbekistonda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi “Jasur Qutqarboyev” nomli multserial yaratilmoqda


“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK tomonidan “Jasur Qutqarboyev” nomli animatsion serial ustida ish olib borilmoqda.

Mazkur multserial dovyurak Jasur Qutqarboyev hamda opa-uka Nigora va Alisherning qiziqarli sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Yana bosh qahramon Jasur Qutqarboyevning mardligi, halolligi, doimo aql bilan ish yuritishi kabi ijobiy fazilatlari ochib berilgan. Shuningdek, multserial orqali yo‘l qoidalariga muntazam amal qilish lozimligi uqtiriladi. Serialning har bir qismi 5-6 daqiqadan iborat.

Postanovkachi rejissor va rassom Shuhrat Yo‘ldoshev, film direktori Olga Rahmatova, animatorlar Temur Xoliqov hamda Behzod Mannonov.

“Jasur Qutqarboyev” multserialining premyerasi dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda “Shum bola-2020” xalqaro kinofestivaliga start berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют