» » Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochiladi

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochiladi


Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasini ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmatiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Unda Samarqand shahrida Qozog‘istonning bosh konsulxonasini ochish, Qozog‘iston hukumatiga ushbu farmondan kelib chiqadigan zarur choralarni ko‘rish belgilangan. Farmon 23-sentabr kun imzolangan bo‘lib, e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bosh konsulxonasi Qozog‘istonning Aqtau shahrida joylashgan. U 2019-yilning 30-avgustida ochilgan. Aqtaudagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi. 2019-yil iyunida Nodir Turg‘unov O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli etib tayinlangan.

“Nega endi Aqtau? Shahar Qoraqalpog‘iston va Xorazmga qo‘shni bo‘lgan hamda mehnat muhojirlari Rossiyaga yo‘l olganda o‘tadigan Mang‘istau viloyatining ma’muriy markazi. Aqtau Qozog‘istonning tez rivojlanayotgan hududlari qatoriga kiradi. Eng muhimi, bu yerda Kaspiy dengiziga olib chiqadigan ikki port, ‘Shevron’ kabi ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari joylashgan”, — deb izohlagandi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют