» » Shvetsiya karantindan voz kechmaslikka qaror qildi

Shvetsiya karantindan voz kechmaslikka qaror qildi


Shvetsiya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli mamlakat poytaxti Stokgolmda karantin joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnellning ma’lum qilishicha, so‘nggi bir necha hafta davomida poytaxtda barcha yosh guruhlarida kasallikning sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda.

Shu sababli, Shvetsiya hukumati virus tarqalishi sur’atini pasaytirish maqsadida karantin choralarini joriy etish zaruriyatini muhokama qilmoqda. Tegnell ehtimoliy cheklovlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya dunyoda koronavirusga qarshi kurash uchun karantin joriy qilmagan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell karantindan voz kechilgani sababli mamlakatda juda ko‘p odam vafot etganini tan olgandi va buni xato deb atagandi. U mamlakat o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va keskinroq karantin choralarini ko‘rishi kerakligini ma’lum qilgan.

Yangi Zelandiya hukumatining ilmiy maslahatchisi, professor Maykl Beyker Shvetsiya hukumati COVID-19 kasalligiga qarshi kurash uchun qattiq karantin choralarini qo‘llashdan bosh tortganida uchta xatoga yo‘l qo‘yganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq Shvetsiya hukumati mamlakatda COVID-19 epidemiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlarni taftish qilish bo‘yicha komissiya tuzdi.

Biroq JSSTning maxsus vakili doktor Devid Nabarro Shvetsiyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash sifatida yumshoq cheklovlarni joriy etish strategiyasi, uzoq muddatli istiqbolda boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan.

Shvetsiyada 2020-yilning birinchi yarim yilligida 51,4 ming nafar odam vafot etgan. Bu 1869-yildan beri hali kuzatilmagan salbiy natija. 1869-yilning dastlabki olti oyida Shvetsiyada 54,4 ming kishi vafot etgan va ularning o‘limiga 1867-yilda boshlangan ocharchilik sabab bo‘lgandi.

Ayni paytda Shvetsiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 88 mingdan oshgan, 5,8 mingdan ortiq kishi kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют