» » Qozog‘istonda COVID-19’ga chalingan 1,9 mingdan ortiq tibbiyot xodimiga tovon puli to‘landi

Qozog‘istonda COVID-19’ga chalingan 1,9 mingdan ortiq tibbiyot xodimiga tovon puli to‘landi


Qozog‘istonda COVID-19’ga qarshi kurashda ishtirok etgan 1,9 mingdan ortiq tibbiyot xodimiga koronavirus infeksiyasi yoki virusli pnevmoniyaga chalingani tufayli Davlat ijtimoiy sug‘urta fondidan bir martalik ijtimoiy to‘lov to‘landi, deb xabar bermoqda Kazinform.

23-sentabr 09:00 holatiga ko‘ra, Davlat ijtimoiy sug‘urta fondidan COVID-19 yoki virusli pnevmoniya bilan kasallangan 1 965 nafar tibbiyot xodimiga va kasallikdan vafot etgan 26 nafar tibbiyot xodimining oila a’zolariga tovon puli to‘langan.

Tibbiyot xodimlariga COVID-19 yoki virusli pnevmoniyaga chalinishi tufayli eng ko‘p tovon puli Nur-Sulton (502), Olmaota (373), Chimken shahrida (117), Qarag‘andi (138), Aqmola (107) va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida (115) to‘langan.

2020-yil 9-aprel kuni Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri va Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri qo‘shma hujjatni imzolagandi. 22-iyuldagi “Amaliyot qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma buyruqqa kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq:

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Amnesty International tomonidan o‘tkazilgan yangi tahlillar dunyoda tibbiyot xodimlarining kamida 7000 nafari COVID-19’dan vafot etganini ko‘rsatgan. Birgina Meksikaning o‘zida kamida 1320 nafar sog‘liqni saqlash xodimi vafot etgani tasdiqlangan. Bu hozirgi kungacha barcha mamlakatlar orasida ma’lum bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют