» » O‘zbekiston qancha miqdorda yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston qancha miqdorda yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgani ma’lum qilindi


O‘zbekiston 2020-yilning 8 oyida xorijiy davlatlardan qiymati 345,1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 59,3 million AQSh dollariga kam.

Qayd etilishicha, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya (314,7 million), Xitoy (10,8 million), Turkiya (4,9 million), Belorus (2,8 million), Italiya (2,3 million) va 1,9 million AQSh dollari bilan Ukraina hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 46 ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Avvalroq qo‘mita O‘zbekistonga 8 oyda qancha elektromobil import qilingani ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют