» » Ilon Mask 3 yildan so‘ng 25 ming dollarlik Tesla’lar chiqarishni va’da qildi. U 2018-yilda ham xuddi shunaqa degan edi

Ilon Mask 3 yildan so‘ng 25 ming dollarlik Tesla’lar chiqarishni va’da qildi. U 2018-yilda ham xuddi shunaqa degan edi


Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniya aksiyadorlari bilan har yili o‘tkaziladigan Battery Day taqdimotida chiqish qildi, deb yozadi CNBC.

Tadbirkorning aytishicha, Tesla elektromobillari savdosi 2020-yilda 30-40 foizga oshadi, bu avvalroq qilingan prognozlarga mos bo‘lib, kompaniya joriy yilda 500 mingta elektromobil taqdim etadi.

Bundan tashqari, Maskning aytishicha, kompaniya keyingi uch yil davomida 25 ming dollar evaziga haydovchisiz boshqariladigan elektromobillarni chiqarishni boshlaydi. Biroq biznesmen 2018-yilda ham xuddi shunaqa va’da bergandi: o‘shanda u mazkur maqsadga erishish uchun uch yil ketishini aytgan.

Hozirda eng arzon Tesla Model 3 narxi 35 ming dollar turadi.

Kompaniya elektromobillar narxini ishlab chiqarish hajmini oshirish va akkumulyatorlar qiymatini tushirish hisobiga erishmoqchi. Unga ko‘ra, akkumulyatorlar narxi 50 foizga arzonlashishi kerak. Hozirda akkumulyatorlarning har bir kilovatt-soati 130 dollar atrofida.

Maskning ta’kidlashicha, Tesla ko‘proq energiya tutuvchi va yaxshi sovuydigan akkumulyatorlarning ehtiyot qismlarini o‘zi ishlab chiqarishni boshlaydi.

Joriy yilgi Battery Day taqdimoti noodatiy tarzda o‘tkazilgan: Ilon Mask chiqish qilgan barcha aksiyadorlar Model 3 elektromobillarida o‘tirgan.

Mavzuga doir: Video: Qiyinchilik bilan Tesla Model S’ga sig‘gan amerikalik basketbolchi Shakil O’Nil

Avvalroq Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida avtopilotda harakatlanayotgan Tesla Model S ikkita politsiya avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют