» » XTV maktablarda 2020—2021-o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lov miqdorlarini e’lon qildi

XTV maktablarda 2020—2021-o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lov miqdorlarini e’lon qildi


Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlarini hisoblash tizimini tubdan takomillashtirish, soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to‘lovi joriy qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati xabar berdi.

Bunda, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to‘lovi 2200 so‘m hisoblanib, to‘plam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va ta’lim tillari kesimida ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi.

“Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, 2020–2021-o‘quv yili uchun istisno tariqasida umumta’lim muassasasida darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovini amalga oshirish muddati 2020-yilning 10-oktabrigacha uzaytirildi. Shu bilan birgalikda, ota-onalarda mazkur to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish to‘g‘risida umumta’lim muassasasiga murojaat qilishlari mumkin. Ijara to‘lovi muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur to‘lovning 50 foizi 10-oktabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha to‘lanishi lozim.

Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni umumta’lim maktab kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash tartibi o‘rnatilgan.

Ta’kidlash joizki, o‘rnatilgan tartibga asosan darsliklar to‘liq to‘plamda ijaraga beriladi. Darsliklar to‘plamlari to‘liq berilmagan holatlarda ota-onalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют