Toshkent O‘zbekistondagi avtomobillar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Xususan:
Ma’lumot o‘rnida, 2020-yil 1-yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.
2020-yilning fevral oyida Prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda 3 milliondan ortiq transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani, ularning 89 foizi yengil avtomobil ekanligini ma’lum qilgandi. Mamlakatning ichki yengil avtomobil bozori 2,6 milliard dollarga baholangan bo‘lib, bu O‘zbekiston YaIMning salkam 5 foizini tashkil etadi.
Mavzuga doir: “O‘zavtosanoat” 2019-yilda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilganini e’lon qildi
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
