» » Bloger Dodge’ning 717 ot kuchiga ega dvigatelida tuxum pishirdi (video)

Bloger Dodge’ning 717 ot kuchiga ega dvigatelida tuxum pishirdi (video)


Instagram’dagi Albert_and_grill akkaunti Dodge modelining 717 ot kuchiga ega HEMI V8 dvigateli yordamida tuxum pishirilgani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Rolik muallifi taom pishirish uchun 717 ot kuchiga ega 6,2 litrli HEMI V8 ustiga aylanasimon shaklni joylashtirgan. Xom tuxumni uning ichiga chaqib, tuz va murch sepgan, shundan so‘ng avtomobil kapotini yopib, gaz tepkisini bosgan.

Kerakli haroratga erishish uchun motorning aylanishlar soni 4 ming holatda 10 daqiqa davomida ushlab turilgan. Vaqt o‘tgach, tuxum pishgan.

View this post on Instagram

My way to cook an egg ???? #hellcat #srt #dodge @dodgeofficial #mopar #scatpack #charger #challenger #follow #loveyou #v8 #recipe #food #egg #cook

A post shared by Albert (@albert_and_grill) on

Hosil bo‘lgan taomni bloger Amerika kompaniyasining eng kuchli dvigateli sharafiga Hellcat egg deb atagan. Bu kabi agregat dunyodagi eng kuchli yo‘ltanlamas hisoblanuvchi Dodge Durango’ga o‘rnatilgan. Ushbu motor sabab model soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erisha oladi.

Mavzuga doir: Dubaylik oshpaz issiq yo‘lak ustiga tova qo‘yib tuxum pishirdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют