» » “Qashqadaryoda majburiy mehnat kuzatilmadi, ammo terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni zo‘r deb bo‘lmaydi”. Respublika ishchi guruhi dastlabki xulosalarini ma’lum qildi

“Qashqadaryoda majburiy mehnat kuzatilmadi, ammo terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni zo‘r deb bo‘lmaydi”. Respublika ishchi guruhi dastlabki xulosalarini ma’lum qildi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi, G‘uzor va Nishon tumanlaridagi paxta terim jarayonlari o‘rganilganda majburiy mehnat va voyaga yetmaganlarni terimga jalb qilish holati kuzatilmagan. Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Cho‘lliyev ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryoda faqatgina Oliy Majlis Senatiga axborot beruvchi 8 kishidan iborat ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, ishchi guruh a’zolari viloyatda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi hamda terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni o‘rganmoqda.

“Ayni kunga qadar viloyatning Nishon, G‘uzor va Qarshi tumanlaridagi paxta dalalarida bo‘lib, terim jarayonini ko‘rdik. Qarshi tumanida 285 nafar terimchi bilan birma-bir suhbatlashib, fikrini o‘rgandik. Mazkur tumanlardagi holatlarni ko‘rib, hududlarda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaganiga ishonch hosil qildik. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ham paxta dalasiga chiqish holatini ko‘rmadik”, — dedi ishchi guruh tarkibidagi mustaqil bloger Husan Komiljonov.

Ishchi guruh rahbari Shuhrat Cho‘lliyevning ma’lumot berishicha, ushbu hududlarda terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni ko‘ngildagidek deb bo‘lmaydi.

“Ushbu hududlarda majburiy mehnat kuzatilmasa-da, majburiy mehnat bilan yonma-yon yuruvchi holatlarni uchratdik. Masalan, terimchilarning turar joyi gigiyena talablariga javob bermasligi yoki toza ichimlik suvi bo‘lmagan holatlarni ham ko‘ryapmiz. Ammo majburiy mehnatning yaqqol ko‘rinishi yo‘q. Terimga kelgan terimchilarning aksariyati o‘zi xohlab terimga chiqqan”, — dedi Shuhrat Cho‘lliyev.

Ishchi guruh vakillari jurnalist va blogerlar bilan suhbati davomida kunlik o‘rganish natijalari haqida OAV vakillariga ma’lumot berishga, jurnalist va blogerlarga majburiy mehnat bilan bog‘liq murojaat tushganda darhol ularga xabar berishsa, aybdorlarga chora ko‘rilishini ta’minlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 20:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют