» » Qirg‘iziston ulamolar kengashi ko‘chki sodir bo‘lgan yerdagi qidiruv ishlarini to‘xtatishga chaqirmoqda

Qirg‘iziston ulamolar kengashi ko‘chki sodir bo‘lgan yerdagi qidiruv ishlarini to‘xtatishga chaqirmoqda


Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, O‘zgan tumanidagi Ayu qishlog‘iga yopirilgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan 24 kishidan uchtasining jasadi topildi. Qirg‘iziston diniy arboblari qidiruv ishlarini to‘xtatishga va favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyni umumiy qabrga aylantirishga chaqirmoqda, deb xabar berdi “Interfaks”.

Qirg‘iziston FVV vakili Avazbek Aytiyevning ma’lum qilishicha, ko‘chki sabab Ayu qishlog‘ida qidiruv ishlari boshlangan, unda 500 ga yaqin odam ishtirok etmoqda.

“Kecha uch kishining jasadi topildi: 1997, 2005 hamda 2015-yilda tug‘ilgan qizlar edi. Ularning jasadi ko‘chki sodir bo‘lgan yerning chekkasida uyning tomi ko‘rinib turgan joydan, sakkiz metr chuqurlikdan topildi”, — dedi Aytiyev.

Qirg‘iziston ulamolar kengashi qidiruv ishlarini to‘xtatishga chaqirmoqda. Musulmonlar idorasi saytining yozishicha, ulamolar O‘zgandagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. “Ulamolar kengashi a’zolarining hisoblashicha, shariat halok bo‘lganlar jasadini yer ostida qolishiga va janoza namozini o‘qishga ruxsat berishini ma’lum qildi, kengashning 11 a’zosi tiriklay ko‘milganlar bo‘yicha qidiruv ishini to‘xtatishga ovoz berdi va fojia joyini qabrga aylantirish bo‘yicha fatvo berdi”, — deb keltirildi xabarda.

FVV esa ulamolar kengashining qarori hech qanday yuridik kuchga ega emasligini, halok bo‘lganlarning qarindoshlari talab qilmagunga qadar qidiruv-qutqaruv ishlari davom etishini ma’lum qildi.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, O‘zgan tumanidagi Ayu qishlog‘iga mahalliy vaqt bilan soat 7:20 (Toshkent vaqti bilan soat 6:20) atrofida yopirilgan ko‘chki yettita uyni bosib qolgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют