» » Instagram: Botir Qodirov bilan ko‘rishgani uchun baloga qolgan Shahlo, Javohir Zokirovning “tarbiyasiz” o‘g‘li, qizini ko‘ra olmayotgani haqida kuylagan Sharof

Instagram: Botir Qodirov bilan ko‘rishgani uchun baloga qolgan Shahlo, Javohir Zokirovning “tarbiyasiz” o‘g‘li, qizini ko‘ra olmayotgani haqida kuylagan Sharof


24-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turk aktyori Burak O‘zchivit o‘g‘li Karan bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

View this post on Instagram

????????

A post shared by Burak O?zc?ivit (@burakozcivit) on

Botir Qodirov xonanda Sirojiddin Hojiyevning to‘yidan sahifasiga video  joyladi. Xonandaning folloverlari u bilan qo‘l berib ko‘rishgan Shahlo Zoirovaga e’tibor qaratdi hamda bu holatni tanqidiy baholadi.

View this post on Instagram

Тошкент! @sirojiddinhojiev укам бахтли булинг! Шахло синглим жуда халол киз, трмуш уртоги билан кадирдонман одамлар сал уйлаб гапиринг.

A post shared by Botir Qodirov (@botirqodirovofficial) on

Madina Mumtoz haqiqiy do‘stlik va muhabbat haqida mulohaza yuritdi.

View this post on Instagram

Haqiqiy do‘stlik va muhabbatning sharti ma’shuqning yonida oshiqning hech qanday irodasi bo‘lmasligidir. Bu borada Ibrohimning (alayhissalom) Haq do‘stligi cho‘qqisi bo‘lgan, Namrud buyrug‘iga ko‘ra olovga otilarkanlar, yordamga kelgan farishtalarga aytgan quyidagi so‘zlari ibratli: "Olovni yondirgan Zot mening har holimdan xabardor. Sizdan talabim yo‘q, Do‘st bilan do‘stning orasiga kirmang!" Bu taslimiyat natijasida alanga Ibrohim (alayhissalom) uchun gulistonga aylandi. Keyinroq Ibrohim (alay­hissalom) nasllaridan payg‘ambar dunyoga kelishi uchun duo qildilar, Alloh taolo keksaygan chog‘larida u kishiga farzand ehson etdi. Do‘stlikning nishonasi va imtihoni sifatida farzandlarini qurbonlik qilish buyurildi, qabul etdilar. Garchi farzandlariga bo‘lgan muhabbat sabab ko‘rgan tushlaridan taraddudga tushsalar ham, bir tushni uch bora ko‘rganlaridan keyin qanoat hosil qildilar. Bu xususda vasvasaga solmoqchi bo‘lgan iblisga tosh otdilar. O‘tkinchi muhabbatni boqiy Do‘stning sevgisi yo‘lida qurbon qilish uchun yotqizdilar. Boqiy Do‘st u zotdagi bu qat’iyatni ko‘rgandan so‘ng qurbonlik uchun bir qo‘chqor tushirdi va do‘stlikka vafolarini munosib taqdirlab, marhamat qildi: "Ey Ibrohim! Dar­haqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz". Albatta, bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir. Biz (Ismoilning) o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni badal qilib berdik. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik. Ibrohimga salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz" (Soffot, 104–110).

A post shared by Madina Mumtoz (@madinamumtoz) on

Javohir Zokirov o‘g‘li Saidkarimning videosi bilan bo‘lishib, videoni “tarbiyasiz bola” deb izohladi.

View this post on Instagram

Тарбияси йук бола! #2020 #турция

A post shared by Javakhir Zakirov (@javakhirzakirov) on

“Sevgi iztirobi” va “Elchining qizi” seriallari yulduzi Neslihan Atagul yangi suratlarini muxlislariga taqdim etdi.

View this post on Instagram

Based ?stanbul 20’ ????

A post shared by Neslihan Atagu?l Dog?ulu (@neslihanatagul) on

Sharof Muqimov qizi Leylaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga atab qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiqda xonanda qizini sog‘insa ham, uni borib ko‘ra olmasligini kuylaydi.

View this post on Instagram

Тугилган кунинг муборак булсин асал кизим Лейлам.???????????????????? ???????????????????? "Leylam" taronam,2020 yildagi senga atalgan sovg'am. youtube tarmoqlarida bugun sen uchun "Leylam" premyera...???????????? Tug'ilding u bag'rimiz to'ldi Yuzimiz ham qalbimiz kuldi Olam birdan charog'on bo'ldi Jonim qizim jahonim qizim Kulgularing bilan kuldirding G'amlarimiz ortda qoldirding Yo'llaringga gul sochay o'zim Sensan tili biyronim qizim Seni jondan yaxshi ko'raman Sog'ligingni "Haq"dan so'raman Uzoqlardan boqib turaman Dardlarimga darmonim qizim Baxting uchun berayin jonim Bu hayotda sen yo'g'-u borim Sensan mening g'ururim orim Sen baxt sari karvonim qizim Sog'inaman tunlari seni Sog'inasan bilaman meni Senla ketar armonim qizim Borishga yo'q imkonim qizim Bugun otang yoningda emas Mayin soching asta silolmas Sog'inganda to'yib qucholmas Jannat bo'yli rayxonim qizim Leylam mening borlig'im Leylam Seni doim asrasin Egam Qizalog'im unutma so'zim Oxu ko'zli jayronim qizim. Leylam bugun tug'ilgan kuning Olloh umring qilsin ziyoda Otang qalbi yorishar senla Quyoshimsan zulmat dunyoda... Barcha yaqinlarim,muxlislarim nomidan tabriklayman.Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin asal qizim Leylam...????????????????????

A post shared by SHAROF MUKIMOV???????? (@sharofmukimov_official) on

Rayhon “inson qanchalik kuchli shaxs bo‘lsa, itlar unga hasad va g‘azabdan shunchalik kuchliroq huradi” degan fikrni ilgari surmoqda.

View this post on Instagram

Где-то услышала фразу «чем сильнее и ярче личность,тем больше псов на нее лают от бессилия и зависти» А вы согласны? Считаете ли вы себя сильной личностью?

A post shared by Раи?хон Ганиева (@rayhonganieva) on

Zarina Nizomiddinova ismini sir saqlayotgan kichik o‘g‘li bilan qiziqarli rolik tayyorladi.

“Mendirman Jaloliddin” seriali haqida film tayyorlandi. Uni 26-sentabr kuni soat  20:20 da “Milliy” telekanalida tomosha qilish mumkin.

View this post on Instagram

Film haqida film.

A post shared by Akbarxo'ja Rasulov (@akbarkhodja_rasulov) on

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 22:38)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют