» » Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Makedoniya, “Milan” esa Norvegiya klubini yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Makedoniya, “Milan” esa Norvegiya klubini yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi


Yevropa Ligasining 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan 24-sentabr kungi bir qator o‘yinlar yakunlandi.

Londonning “Tottenhem” jamoasi Makedoniyaga safar qilib, “Shkendiya-79”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuv debyutidayoq mehmonlar Erik Lamelaning golidan keyin hisobda oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida Son Hyon Min va Harri Keyn o‘yin taqdirini hal qilgan gollarga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Tottenhem” keyingi bosqichga yo‘l oldi va u yerda “Rostov”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Makkabi Hayfa”ga qarshi bahs olib boradi.

“Milan” o‘z uyida Norvegiyaning “Bude-Glimt” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga erishdi, bunga milanliklar bir daqiqa o‘tib Hoqon Chalxono‘g‘luning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

32-daqiqada Lorenso Kolombo milanliklarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Chalxono‘g‘lu dublini nishonladi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Yevropa Ligasi

3-saralash bosqichi

24-sentabr, payshanba

Gollar: 0:1 – 5 Lamela, 1:1 – 55 Nafiu, 1:2 – 70 Son Hyon Min, 1:3 – 79 Keyn.

“Shkendiya-79”: Zaxov, Murati, Beytulai, Krivak, Doriyev (Merjani, 85), Totre, Pavich, Ahmedi, Dita (Zeynulai, 77), Nafiu (Ramadani, 85), Ibraimi.

“Tottenhem”: Hart, Devis, Alderveyreld, Sanches, Orye, Lamela, Uinks (Lo Chelso, 59), Bergveyn (Lukas Moura, 66), Alli (Keyn, 60), Son Hyon Min, Ndombele.

Ogohlantirishlar: Uinks (36), Beytulai (39).

Gollar: 0:1 – 15 Yunker, 1:1 – 16 Chalxono‘g‘lu, 2:1 – 32 Kolombo, 3:1 – 50 Chalxono‘g‘lu, 3:2 – 55 Xeuge.

“Milan”: Donnarumma, Teo, Kyer, Kalabriya, Gabbiya, Bennaser (Tonali, 80), Salemakers, Kessie, Chalxono‘g‘lu, Kastilyexo (Krunich, 65), Kolombo (Maldini, 58).

“Bude-Glimt”: Haykin, Lode, Berkan, Moe, Sampsted (Solbakken, 83), Saltnes, Berg, Fet (Konradsen, 65), Yunker (Bonifase, 90), Sinkernagel, Xeuge.

Ogohlantirish: Konradsen (69).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 02:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют