» » O‘zbekiston yuqori tezlikdagi poyezdlar tezligi bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi

O‘zbekiston yuqori tezlikdagi poyezdlar tezligi bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi


GoEuro platformasi tezyurar poyezdlar tezligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar reytingini tuzdi. Reyting bu yo‘nalishda Osiyo mamlakatlari yetakchilik qilayotganini ko‘rsatdi.

Kuchli uchlikka Yaponiyaning  SCMaglev (603 km/soat), Fransiyaning SNCF (575 km/soat), va Xitoyning Shanghai MagLev (501 km/soat) poyezdlari kirdi.

Ro‘yxatga kiritilgan 20 mamlakatda yuqori tezlikdagi poyezdlar eng muhim transport tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dastlab Yaponiyada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa ham, yuqori tezlikdagi poyezdlar 1980—1990-yillarda Yevropada sezilarli darajada rivojlangan. Yaqin yillarda esa texnologik taraqqiyot Osiyo mamlakatlarining yuqori tezlikdagi poyezdlar xizmat ko‘rsatadigan aholi soni, bir kilometr uchun belgilangan narx, o‘rtacha va yuqori tezlik bo‘yicha yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishiga turtki berdi. Yaponiya birinchi o‘ringa mustahkam joylashib, yetakchilik qilmoqda.

Reytingda 20 ta mamlakatdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning eng yuqori va o‘rtacha harakatlanish tezligi, poyezd harakatlanuvchi yo‘nalishning umumiy tarmoqdagi hissasi, xizmat ko‘rsatiladigan aholi, bir kilometr uchun belgilangan narx va reytingdagi foiz ko‘rsatkichi keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston ro‘yxatning 17-qatoridan joy olib, Norvegiya, AQSh va Finlyandiyani ortda qoldirdi. O‘zbekiston aholisiga xizmat ko‘rsatayotgan yuqori tezlikdagi poyezdlarning eng yuqori tezligi 255 km/soat hisoblanadi. Umumiy temir yo‘l tarmog‘ining 8,21 foiziga, aholining esa 9,01 foiziga yuqori tezlikdagi poyezdlar xizmat ko‘rsatadi.

GoEuro’ning yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar reytingi

Platforma qurilayotgan va qurilishi rejalashtirilgan yuqori tezlikdagi poyezd yo‘nalishlari reytingini ham tuzgan. Bu reytingda ham Osiyo mamlakatlari 51949 km bilan yetakchilik qilmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa mamlakatlari 24603 km, Amerika qit’asi mamlakatlari 4552 km, Afrika 4280 km, Okeaniya mamlakatlari 1749 km bilan mos ravishda keyingi o‘rinlardan joy olgan.


“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют