» » Belaruslik xakerlar Aleksandr Lukashenko rejimiga “umumiy hujum” amalga oshirilishini ma’lum qildi

Belaruslik xakerlar Aleksandr Lukashenko rejimiga “umumiy hujum” amalga oshirilishini ma’lum qildi


Belaruslik xakerlar Aleksandr Lukashenko rejimiga hujum uyushtirilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Xakerlar tomonidan ma’lum qilinishicha, Lukashenko rejimiga nisbatan “umumiy hujum” 24—30-sentabr kunlari amalga oshiriladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatni qonunga xilof ravishda tortib olgan shaxs tez orada buning haqqini to‘laydi.

Xakerlarning qo‘shimcha qilishicha, ular harakat rejasi buzilmasligi uchun ataylab ogohlantirish e’lon qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Aleksandr Lukashenko yashirincha inauguratsiya marosimini o‘tkazgan va rasman Belarus prezidenti lavozimida ish boshlagan. Bu esa mamlakatda noroziliklarning yangi to‘lqini yuzaga keltirdi.

Shundan so‘ng Litva, Latviya, Estoniya, Slovakiya, Ukraina, Germaniya, Kanada, Polsha, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdi.

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukashenkoning Belarus prezidentligi lavozimiga yashirin inauguratsiyasiga bag‘ishlangan videomurojaat yo‘llab, unda o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 09:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют