» » Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Xayrullo Bozorov esa Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlanadi

Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Xayrullo Bozorov esa Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlanadi


Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimidan ozod etiladi. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, G‘aniyev O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-sentabr kuni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unda shu vaqtgacha Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining yangi hokimi sifatida jamoatchilikka tanishtirilishi kutilmoqda.

Namangan viloyati hokimi lavozimiga kim tayinlanishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, biroq 25-sentabr kuni bu yerda ham hududiy kengashning navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilishi, unda tashkiliy masala ko‘rilishi aytilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Iyul oxirida Barnoyevning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 11:23)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют