» » O‘zgan tumanining Yalpoqtosh qishlog‘ida 10 ta uy ko‘chki ostida qolib ketdi

O‘zgan tumanining Yalpoqtosh qishlog‘ida 10 ta uy ko‘chki ostida qolib ketdi


30-aprel, yakshanba kuni Qirg‘izistonning O‘zgan tumanidagi Yalpoqtosh qishlog‘ida 10 ta uy ko‘chki ostida qolib ketdi. Bu haqda “24.kg” Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kazinform”.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqda 61 ta uy joylashgan, ulardan o‘ntasi yer ostida qolgan. Bundan tashqari yana to‘rtta ijtimoiy obyekt xavf ostida — maktab, bog‘cha, masjid va feldsher-akusherlik punkti.

Qishloq aholisi avvalroq ogohlantirilib xavfsiz joyga ko‘chirilgan va ular uchun 15 ta chodir o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29-aprel O‘sh viloyatining O‘zgan tumanidagi Ayu qishlog‘ida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 24 kishi halok bo‘lgandi. 30-aprel motam kuni deya e’lon qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют