» » Isroil hukumati mamlakatda “germetik” karantin joriy qildi

Isroil hukumati mamlakatda “germetik” karantin joriy qildi


Isroilda 25-sentabrdan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirildi, deb xabar beradi Isroilning Kan radiosiga tayanib “RBK”. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ko‘rilgan choralarni “germetik” karantin deb atadi.

Jiddiy cheklovlar ikki hafta davomida amal qiladi, keyin ularni bekor qilish yoki uzaytirish masalasi hal qilinadi. Karantin davrida faqat oziq-ovqat do‘konlari va zarur mollarni sotadigan do‘konlar ishlashni davom ettiradi.

Bundan tashqari, mamlakatda harakatlanishga cheklovlar qo‘yildi. Aholining uylaridan 1 kilometrdan ortiq masofada uzoqlashishi taqiqlanadi, barcha ibodat hamda namoyishlar faqat shu masofada ochiq joylarda va 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan kishilar bilan o‘tkazilishi mumkin.

The Times of Israel gazetasining yozishicha, ketma-ket ikkinchi kuni mamlakatda aniqlanayotgan kasallanganlar soni 7 mingga yaqinlashmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilda 212,1 ming kishi koronavirus bilan kasallangan.

Mavzuga doir: Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda qayta karantin joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi

Bir hafta oldin Isroil koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani sababli cheklovlarni qayta joriy qilgan edi. Keyin hokimiyat maktablar, mehmonxonalar, sport zallari hamda suzish havzalari yopilishini e’lon qildi. Restoranlarning ishi yetkazib berish bilan cheklandi. Mamlakat vazirlari esa keskin karantin choralari qaytarilishiga qarshi chiqdi.

Avvalroq Ukraina, Kanada, Chexiya, Avstriya va Gruziyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani xabar berilgan edi. Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2020, 13:08)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют